KT bilan sun’iy intellekt, startaplar va R&D hamkorligi muhokamasi
2026-09-18 10:25:00 / Yangiliklar

Unda kompaniya bilan texnologik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar, bunda sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, Koreya texnologiya kompaniyalarini jalb qilish va qo‘shma R&D loyihalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralarning asosiy yo‘nalishlaridan biri KT ishtirokida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan AI-ma’lumotlar markazlarini yaratish imkoniyati bo‘ldi. Tomonlar sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hisoblash infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Startap-ekotizimiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonlik startaplarning Koreya texnologik ekotizimi bilan hamkorlik qilish va xalqaro bozorga chiqish uchun qo‘shimcha vosita bo‘lishi mumkin bo‘lgan KT K-PATH korporativ akseleratsiya dasturida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonda KT kompaniyasining DX/AX bo‘linmasini ochish va Koreya Respublikasidagi mijozlarga O‘zbekistondan turib texnologik xizmatlar ko‘rsatish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. Bundan tashqari, KTning hamkor IT-kompaniyalarini mamlakatga jalb qilish va ularning mahalliy ofislarini ochish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Yana bir yo‘nalish R&D sohasidagi hamkorlik, jumladan, O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida qo‘shma tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshirish bo‘ldi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, tomonlar taklif etilgan tashabbuslarni ishlab chiqishni davom ettirish va har bir yo‘nalish bo‘yicha hamkorlikning amaliy mexanizmlarini qo‘shimcha ravishda muhokama qilishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida East Telecom kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma texnologik loyihalarni ishlab chiqishga qaratilgan ikkita Anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
KT — Koreya Respublikasidagi eng yirik telekommunikatsiya va raqamli kompaniyalardan biri bo‘lib, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya (DX) va AI Transformation (AX) sohalarida yechimlarni ishlab chiqadi. Kompaniya, shuningdek, texnologik kompaniyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini, jumladan, akseleratsiya tashabbuslarini amalga oshiradi va ularning xalqaro bozorlarga chiqishiga ko‘maklashadi.


