Oila va xotin-qizlar bilan ishlashda jamoatchilik faollari bilan hamkorlik
2026-09-17 10:05:00 / Yangiliklar
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida jamoatchilik faollari, xotin-qizlar huquqlari himoyachilari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda sohani rivojlantirishga qaratilgan normativ hujjatlar loyihalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida oila va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, migratsiyadagi ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, mahallalardagi xotin-qizlar faollarining rolini yanada oshirish, erta turmush holatlarining oldini olish, oilani mustahkamlash kabi dolzarb mavzularda ishtirokchilarning fikr va takliflari tinglandi.
Ushbu takliflar tegishli vazirlik va idoralar, mutaxassislar bilan birgalikda chuqur o‘rganiladi. Asosiy maqsad — hayotga tatbiq etilayotgan har bir yangilik xotin-qizlarimiz uchun har tomonlama foydali, qulay va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishini ta’minlashdir.

